Konstitutsiyaviy islohotlar — xodimlar nigohida
Bugun, 8 iyun kuni Buxoro shahar IIO FMBda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, MMI va KBTX boshlig‘i podpolkovnik Umid Utayev tomonidan hududiy ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi ishtirokida onlayn video konferensiya orqali xodimlarning konstitutsiyaviy madaniyati, huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda, Buxoro davlat tibbiyot instituti dotsenti Qahramon Tursunov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgani borasida maʼruza qilindi.
Qizg‘in fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan o‘quv mashg‘ulotida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.