Sayyor qabul aholi muammolari yechimiga xizmat qildi.
"mahallabay" ishlash tamoyili asosida tasdiqlangan rejaga muvofiq G‘ijduvon tumani 3-sektor rahbari Azimjon Xoliqovning navbatdagi sayyor qabuli sektorning Rostgo‘y va Baqqollar mahallalarida o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan 20dan ortiq muammolar xususida murojaatlar yo‘llandi. Bildirilgan barcha murojaatlar sektor rahbari tomonidan birma-bir o‘rganilib, 10 ga yaqin murojaatlarga joyida o‘z yechimini topildi. Qolgan murojaatlarni ijobiy hal qilish maqsadida ishchi guruh aʼzolariga bir qator topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul davomida 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan Baqqollar mahallasida aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Rostgo‘y mahallasi aholisi uchun esa suyultirilgan gaz balonlari yetkazib berildi. Hududda tashkil qilingan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijasida ambulator sharoitdagi bemorlar kerakli dori-darmonlar bilan taʼminlandi.
Bundan tashqari kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlikning ahvoli, mavsumni betalafot o‘tkazish, bunda ayniqsa aholini tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash, ko‘mir yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, mavsum davomida elektr energiyasi va tabiiy gaz resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish hamda is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq holatlarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazildi.