18 Aprel 2023 yil 526

Shaxsni biometrik identifikatsiya qilish tizimi orqali yana bir jinoyat fosh etildi

2023 yil 31 mart kuni Qorako‘l tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan S.M. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2023 yil 31 mart kuni soat 10:00dan soat 11:15gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, nomaʼlum shaxs uning yashash uyiga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uyidagi oziq-ovqat savdo do‘konidagi kassadan jami 600.000 so‘m miqdordagi savdo pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringanligini, nomaʼlum shaxslarni topib qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, tuman IIB EKG eksperti tomonidan voqea joyidan olingan barmoq izi viloyat IIB EKMga taqdim qilingan qo‘l barmoq izlari shaxsni biometrik identifikatsiya qilish tizimi orqali tekshirilganda ushbu jinoyatni, tumanning Do‘stlik mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Q.F. sodir qilganligi aniqlangan.

Hizirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech