18 Aprel 2023 yil 403

Shaxsni tashqi qiyofa bilan identifikasiya qilish tizimi orqali avtomashinani olib qochgan shaxs fosh etildi

2023-yil 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, Buxoro shahar Cho‘lpon ko‘chasida yashovchi 1963-yilda tug‘ilgan K.B. ga tegishli bo‘lgan “Vaz 21013” rusumli avtomashinani boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan holda, avtotransport vositasini eshiklari ochiq va qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, avtomashina ichida bo‘lgan kalit yordamida uni o‘t oldirib olib qochgan.

Ushbu avtomashina Buxoro tumani "Navro‘z" mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining Buxoro-G‘ijduvon yo‘nalishi 258-kmga yetganida, Buxoro tumani Xalq qabulxonasi binosi oldiga qo‘yib ketilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limi xodimlari tomonidan tadqiqot qilish uchun taqdim qilingan video tasvirlar shaxsni tashqi qiyofa orqali identifikasiya qilish tizimi orqali tekshirilganda, ushbu jinoyatni Shofirkon tumani "Jo‘yrabod" mahallasida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan X.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech