17 Dekabr 2022 yil 822

Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash yo‘lida

Bugun, 17-dekabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida erishilgan yutuqlar hamda ular tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida tahliliy-tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda viloyat IIB rahbariyati, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari va Masjidi kalon imom xatibi Jamol Mavlonov hamda obro‘-eʼtiborli faxriylar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev ochib berib, xodimlarning axloqiy-ruhiy holatini nazorat qilish, psixologik xizmat sifatini oshirish borasida so‘z yuritdi.

Bunda, tamagirlik, poraxo‘rlik, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilish bilan bog‘liq illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bu kabi salbiy holatlar yuz berganda qatʼiy choralar ko‘rilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, faxriylar tomonidan yosh xodimlarga bir qator ijobiy tavsiyalar bildirilib, xizmatiga sodiq, halol mehnat qilayotgan xodimlar va ularning murabbiylarini qo‘shimcha rag‘batlantirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratish lozimligi aytib o‘tildi.

Tadbirda viloyat IIB MM va KBTX yosh xodimlar bilan ishlash guruhi katta inspektorining 11 oy davomida yosh xodimlar tomonidan erishilgan yutuqlar hamda sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi holatlari bo‘yicha tahliliy hisoboti tinglanib, muhokama qilindi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan muhokama yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati boshqarmasi masʼullari tomonidan xizmat intizomini buzishga moyil ayrim yosh xodimlar qattiq ogohlantirilib, ularga xizmat va ijro intizomiga qatʼiy rioya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish borasidagi tezkor, profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Text to speech