13 Iyul 2023 yil 531

Shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratildi

Bugun, 13-iyul kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov boshchiligida bir qator sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda, ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida erishilgan yutuqlar, shu bilan birgalikda ular tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonun buzilishi bilan bog‘liq holatlar birma-bir muhokama qilinib, kelgusida shaxsiy tarkib o‘rtasida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan manzilli ishlar tahliliy-tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i yakunlar ekan profilaktik va tashkiliy tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech