Shaxsni qiyofa bo‘yicha identifikatsiya qilish tizimi orqali jinoyat fosh etildi.
2023 yil 9 mart kuni soat 09:00 dan 10:30 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasidagi “Korzinka” savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan tilla taqinchoqlar savdo do‘koniga mijoz sifatida kelib, 1 dona bozor bahosi 2.000.000 so‘mni tashkil etuvchi ayollar tilla uzugini yashirin ravishda talon-toroj qilib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida viloyat IIB EKMdagi Shaxsni qiyofa bo‘yicha identifikatsiya qilish tizimi orqali tekshirilganda ushbu jinoyatni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan S.Q. ismli ayol sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.