5 Avgust 2023 yil 605

Shifoxonada yo‘qolgan telefonlarni o‘margan shaxs ushlandi

2023 yilning 3 iyul kunidan 4 iyul kuniga o‘tar kechasi taxminan soat  2:30 larda nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zgalar mol mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasida joylashgan RSHTYOIM Buxoro filialining hovlisida maqsadsiz yurgan vaqtida o‘sha yerda davolanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari uxlab yotganligidan foydalanib, ular tomonidan yostig‘ining ostiga qo‘yilgan, “Samsung A53” rusumli va “Samsung J5” rusumli uyali aloqa vositalarini yashirin ravishda o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Vobkent tumani Chorbog‘kent qishlog‘ida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan R.O‘. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech