Shofirkon tumani: Aholi muammolarini o‘rganish, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish borasidagi ishlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish, kommunal sohalarda aniqlanadigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash yuzasidan Buxoro viloyati IIB rahbariyati hamda tuman IIB masʼullari boshchiligida Shofirkon tumanida «xonadonbay» o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Dastlab Shofirkon tuman IIB hamda tezkor shtab xodimlari ishtirokida yo‘riqnoma o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, Shofirkon tumani IIB xodimlari tuman gaz idorasi, tuman elektr tarmoqlari bo‘limi hamda tuman suv oqova bo‘limining dispetcherlik xizmatiga biriktirilib, fuqarolar tomonidan tushayotgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi hamda ro‘yxatga olinishi alohida nazoratga olindi.
Ertalabki topshiriqqa binoan tuman IIB xodimlari tomonidan hududda mavjud ijtimoiy soha obyektlari hamda xonadonlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammolar tuman tezkor shtabiga taqdim qilindi.
Jarayonlarda tuman 7-son maktabgacha taʼlim muassasasi ham o‘rganilib, qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida o‘tin yetkazib berildi.
Tumanning «Mingchinor» mahallasida bo‘lgan mutasaddilar "Тemir daftar"da turgan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning holidan xabar olib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganishdi. Aniqlangan muammolarni zudlik bilan hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu kuni «Mingchinor» mahallasining Gulbog‘ qishlog‘ida yashovchi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ham ko‘rsatildi.
Shundan so‘ng ishchi guruh aʼzolari hududlarda tashkil qilingan oziq-ovqat yarmarkalari, bozorlardagi narx-navolar bilan tanishib, sotuvchilarga narx-navoni asossiz oshirmasliklari yuzasidan ogohlantirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shofirkon tumani IIBda tashkil qilingan ishchi guruh shtabiga tushgan murojaatlar yuzasidan tumanning 3-sektorida joylashgan “Temirchi” mahallasi Sheyxlar qishlog‘ining 300 metr ichki yo‘li shag‘allashtirildi. Bu kabi ijobiy ishlar davom ettirilmoqda.