7 Mart 2023 yil 489

Shofirkon tumani: Og‘ufurushlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan 2023 yilning 3 mart kuni Shofirkon tumani hududida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tadbiri davomida, tumanning Bog‘iafzal qishlog‘ida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan N.N. va 1998 yilda tug‘ilgan D.D. tumanning «Bobohaydar» mahallasidagi umumiy ovqatlanish maskanida bir fuqaroga 500.000 so‘m evaziga viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tarkibida faol giyohvandlik vositasi hisoblangan "tetragidrokannabinol" mavjud bo‘lgan, quritilgan holdagi sof vazni 1,54 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech