8 Aprel 2023 yil 442

Shofirkon tumanida aviakassani o‘margan shaxs fosh etildi.

2023 yilning 26 fevral kuni tungi vaqtda nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Qalmaqon” mahallasida joylashgan aviakassa eshigini buzish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xona ichidagi stol ustidan “SAMSUNG” rusumli noutbuk hamda qora rangli hamyon ichidan 7.800.000 so‘m naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning “Jo‘ynav” mahallasida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan B.B. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech