Shofirkon tumanida chorva mollarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi
2023 yil 10 yanvar kuni soat 21:00 dan 11 yanvar kuni soat 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaroning yashash hovlisidagi molxonasiga devorni oshib tushish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, molxonadagi o‘n bosh qo‘y va qo‘chqorlar orasidan bahosi 1.300.000 so‘m bo‘lgan bir bosh qo‘yini yashirin ravishda o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi «G» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani A.Navoiy mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘zbekiston Respublikasi JK ning 109-moddasi 2-qismi, 266-moddasi 1-qismi bilan sudlangan G‘.R. hamda shu tumanning Guliston mahallasida yashovchi I.M. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilganliklari fosh etildi.
Hozirda ushbu jinoiy guruhning boshqa shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.