20 Avgust 2022 yil 552

Shofirkon tumanida kriminogen vaziyati og‘ir mahalla jinoyatchiligi joyida muhokama etildi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari tomonidan hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarning natijadorligi, ayniqsa, kriminogen vaziyati og‘ir, jinoyatlar ko‘p sodir etilgan qizil toifali mahallalarga borib, jinoyatchilik holatini joyida muhokama qilib borilmoqda.

Jumladan, bugun, 20-avgust kuni jinoyatchilikning navbatdagi “mahallabay” muhokamasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan viloyat IIB mutasaddi rahbarlari hamda Shofirkon tuman hokimi, tuman mas’ullari va mahalla mutasaddilari ishtirokida kriminogen vaziyati og‘ir deya baholangan qizil toifali “Qalmaqon” mahallasida o‘tkazildi.

Aytish joizki, mazkur mahallada joriy yilning bugungi kuniga qadar o‘g‘irlik, tan jarohati, firibgarlik, yo‘l transport hodisasi, pora berish, bezorilik va boshqa turdagi jami 25 ta jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, ushbu mahalla “qizil mahalla” toifasiga kirgan.

Muhokama jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlarini tinglandi. Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarni birma-bir tahlil qilindi.

Muhokamada jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mahalla mutasaddilari, profilaktika inspektori va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Mahallada kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, “fuqarobay”, “oilabay” va “xonadonbay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, hududiy Ichki ishlar bo‘limining tajribali xodimlaridan iborat yig‘ma otryad faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq ko‘rsatmava topshiriqlar berildi.

Text to speech