Shofirkon tumanida o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi
2023 yil 8 mart kuni soat 08:30 dan soat 10:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Shofirkon tumani Horin mahallasida joylashgan fuqaro I.B.ning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uning yotoqxonasida bo‘lgan bahosi 1.300.000 so‘mlik “SAMSUNG A 12” rusumli telefon apparatini, 1.600.000 so‘m va 2.000 rubl naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan O.S. ismli ayol sodir qilganligi fosh etiltb, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirgi kunda ushbu ayolning respublikamiz boshqa viloyatlari va viloyatimizning boshqa hududlarida xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.