9 Mart 2023 yil
440
Shofirkon tumanida qonunga xilof tarzda faoliyat olib borgan tadbirkor faoliyatiga chek qo‘yildi
2023 yil 2 mart kuni Shofirkon tumani hududida o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida tumanning Talisafed mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uning yordamchi xo‘jaligida qo‘lbola usulda tayyorlangan “juvoz” apparatini noqonuniy tarzda ishlatib kelayotganligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida 2 dona qo‘lbola usulda yasalgan juvoz apparati, 160 litr paxta chigitidan olingan sifatsiz yog‘ mahsuloti, 80 kg omuxta yem mahsuloti tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi J.K. ning 186/2-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.