Shofirkon tumanida qurolni qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs aniqlandi
Shofirkon tumanida viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbirlari davomida tumanning «Savrak» mahallasida yashovchi A.A. ismli shaxsning yashash xonadoni va unga tutash yordamchi xo‘jaligi ko‘zdan kechirilganda, u yerdan 16 kalibrli, bir silliq nilli, K 96136 raqamli, “IJ K”-modelli otish uchun yaroqli bo‘lgan jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov qurolini tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, undan ushbu ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan A.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.