24 Iyun 2023 yil 559

Shofirkon tumanida sodir etilgan yirik o‘g‘irlik jinoyatining izi topildi

2023-yilning 21-mart kuni soat 22:00 dan 22-mart kuni soat 06:30 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs Shofirkon tumani “Tinchlik” mahallasida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor H.X. ga tegishli bo‘lgan “Savrak Sahovat” oshxonasi eshigining qulfini buzish yo‘li bilan ochib, ichkariga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, oshxonaning 2.5x2.5 metr o‘lchamdagi bari ostidagi metalldan ishlangan seyfni buzib, mazkur seyf ichida saqlangan qiymati 18.497.127 so‘mga teng bo‘lgan 1.620 AQSH dollari va 7.000.000 so‘m miqdoridagi naqd pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga jami 25.497.127 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan va hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani “Bog‘iafzal” mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan H.P. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech