Shofirkon tumanida tillafurushlar faoliyatiga chek qo‘yildi
Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari hamda “Buxoro xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Shofirkon tumani “Nazarobod” qishlog‘ida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.U. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlamasdan, tarkibida oltin zarralari mavjud bo‘lgan toshlarni maydalashga mo‘ljallangan, quvvati 18,5 kVt bo‘lgan uskunani elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro hududiy bo‘limi mutaxassislarining bergan xulosasiga ko‘ra ushbu fuqaro tomonidan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘z boshimchalik bilan ulanib 383,62 kVt/soat elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanganligi natijasida davlat manfaatlariga 130.838.400 so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 185 /2-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.