23 May 2023 yil 413

Shofirkon tumanida o‘zining yashashi uchun ijaraga olgan uyida fohishaxona tashkil qilgan ayol ushlandi

Shofirkon tumani “Dorigar” mahallasida doimiy ro‘yxatda turuvchi, vaqtincha tumanning “Mirzoqul” mahallasidagi xonadonda yashab kelayotgan 2000-yilda tug‘ilgan Sh.D. ismli ayol o‘zi ijarada turgan xonadonda fohishaxona tashkil qilib, begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib kelib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

Jumladan, 2023-yil 18-may kuni soat 21:30 larda R.M. ismli ayolning N.S. ismli erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun 100 ming so‘m miqdoridagi pullarni olib, “mijozlarga” uyni bo‘shatib, barcha shart-sharoitlar yaratib berib, bu faoliyatdan daromad olib, fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech