10 Yanvar 2023 yil 580

Shofirkon tumanida Viloyat IIB dan biriktirilgan masʼullar hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida mahallabay o‘rganish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan xonadonbay yurib aholi muammolarini o‘rganish, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish, kommunal sohalarda aniqlanadigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan Shofirkon tumani IIB da tashkil etilgan tezkor shtab xodimlari bilan yo‘riqnoma o‘tkazilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Hududiy ichki ishlar, gaz, elektr va ichimlik suv taʼminoti idoralari dispetcherlik xizmatiga fuqarolar tomonidan tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqilish hamda ro‘yxatga olinish jarayoni alohida nazoratga olinib, zudlik bilan hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, hududlarda mavjud ijtimoiy soha obyektlari, xonadonlar ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning muammolari tinglandi hamda profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bundan tashqari ilgari sudlangan, Probatsiya hisobida turgan hamda profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan ham profilaktik suhbatlar olib borilib, ushbu toifadagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari bo‘yicha ogohlantirish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Tuman IIB xodimlari bilan mutasaddi tashkilot vakillari hamkorligida xonadonlar ko‘zdan kechirilib, noqonuniy o‘rnatilgan gaz so‘rg‘ichlar aniqlanib, maʼmuriy choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng, Shofirkon tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Q.Ismoilov hamda tuman sektor rahbarlari tomonidan tumanning 3-sektorida joylashgan oilaviy shifokorlik poliklinikalarining qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirilib, energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish holatlariga eʼtibor qaratildi.

“Denov” mahallasida joylashgan 49-son OSHP da bo‘lgan tuman masʼullari binodagi mavjud xonalarni ko‘zdan kechib, xonalarning issiqlik holati, sanitariya talablariga javob berishini o‘rganishdi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili “Nekkishi" mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti bo‘ldi. Ushbu OSHP ning isitish tizimi ko‘mirga moslashtirilganligi sababli tuman 3-sektor rahbari tomonidan qo‘shimcha ko‘mir zaxirasi bilan taʼminlandi.

Masʼullar tumanning “Do‘rmon” mahallasida joylashgan yangidan qurilgan OSHP ga ham tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Bu kabi o‘rganish ishlari, viloyatning 3-sektoriga qarashli G‘ijduvon va Vobkent tumanlari, shuningdek, barcha shahar va tumanlarning 3-sektoriga qarashli hududlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech