Shofirkon tumanidagi ijtimoiy vaziyat bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi masʼullar Shofirkon tumanida bo‘lib, hudud aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazdi.
Jumladan, tumanning dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda narx navosi ko‘zdan kechirildi. Jarayonlar narx navoning asossiz oshib ketishini oldini olish, oziq ovqat zaxiralarini yaratish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanning “Do‘rman” mahallasida aholi bilan uchrashib, ularning turmush tarzi o‘rganildi. Aholini qiynab kelayotgan muammolar, shu jumladan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ham o‘rganilib, is gazidan zaharlanish holatlari targ‘ibot tashviqot tadbirlari olib borildi.
Bundan tashqari, o‘rganish chog‘ida tumani tibbiyot birlashmasida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishilib, bemorlar holidan xabar olindi. Tibbiyot birlashmasining isitish tizimi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.