25 Aprel 2023 yil 509

Shofirkonda bundan ikki yil muqaddam sodir etilgan jinoyat fosh etildi

2021 yil 6 iyun kunidan 7 iyun kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Shofirkon tumani “Pashmon” mahallasida yashovchi, X.F. ismli ayolning uyiga g‘ayriqoniy ravishda kirib, u yerdan bahosi 6.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarni,  4.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, 2008 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan A.Sh. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech