1 Avgust 2023 yil 462

Shofirkonda fuqaroni tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora talab qilgan shaxs fosh etildi

Buxoro viloyati IIB hamda Departamentning Kogon shahar, Shofirkon va Vobkent tumanlari bo‘limlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda G‘ijduvon tumani “Chag‘dari” mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan S.G. ismli ayol va shu manzilda yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan A.B. ismli erkak bilan birgalikda boshqa bir shofirkonlik fuqaroni G‘ijduvon tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga yuqori vakolatli tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, Shofirkon tumani buyum bozori oldida o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Cobalt” rusumli avtomashina ichida bir ming AQSH dollarini pora tariqasida berishga dalolat qilib, ushbu pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar S.G. va A.B. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech