1 Avgust 2023 yil 457

Shofirkonda ham virtual o‘g‘irlik fosh etildi

Nomaʼlum shaxs o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida shofirkonlik fuqaroning plastik kartasi hisobidan 1.720.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani IIB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning “Bog‘iafzal” mahallasida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan I.U. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech