Shofirkonda irrigatsiya tarmog‘ining masʼul xodimi firibgarlik qilganlikda gumon qilinmoqda
Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Shofirkon tuman irrigatsiya bo‘limi masʼul xodimi tumanning Kalon mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan S.F. xizmat mavqeidan foydalangan holda bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiisteʼmol qilib, Buxoro viloyati irrigatsiya boshqarmasida ishlovchi vakolatli tanishlari orqali unga tomchilab sug‘orish yo‘nalishida beriladigan subsidiya mablag‘laridan olib berishni vaʼda qilib, evaziga 200 AQSH dollari berishni talab qilgan.
Buxoro shahar IIO FMB hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida 2023 yilning 29 iyul kuni soat 14:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, S.F. Shofirkon tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Markaziy poliklinika avtoturargohida ushbu shaxsdan talab qilingan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.