Shofirkonlik soxta giyohfurush fosh etildi
2023 yil 1 fevral kuni G‘ijduvon tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumani Jo‘yrabod mahallasida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan K.I. G‘ijduvon tumani Vazirshoh mahallasida yashovchi, I.Q. ning ishonchiga kirib, unga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika bo‘limining kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra sof vazni 24,68 grammni tashkil qilgan, besh dona qog‘oz o‘ramidagi «lola» gulining maydalangan holdagi bo‘laklarini «ko‘knor» giyohvandlik vositasining xashagi deb aldab, 100.000 so‘mga sotib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.
Shuningdek, K.I. o‘zining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2023 yil 2 fevral kuni o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, G‘ijduvon tuman «Vazirshoh» mahallasida yashovchi, fuqaroning ishonchiga kirib, ikki dona qog‘oz o‘ramlariga joylashtirilgan, sof og‘irligi 18,84 grammni tashkil qilgan «lola» gulining maydalangan bo‘laklarini «ko‘knor» giyohvandlik vositasining xashagi deb aldab, 200.000 so‘mga sotib, takroran firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.