14 Oktyabr 2024 yil 888

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan viloyatning turli hududlarida sodir bo‘lgan o‘ta og‘ir turdagi jinoyat hamda huquqbuzarliklar "Buxoro tajribasi" asosida viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligida muhokama qilindi

Xabaringiz bor, viloyat miqyosida sodir bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, aholi orasida shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan huquqbuzarliklar, voqea hamda hodisalarning viloyat hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari tomonidan tanqidiy muhokama qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.Bunda, ushbu jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar tegishli masʼullar ishtirokida atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha galdagi vazifalar belgilab olinmoqda.

Shu jumladan bugun ham, viloyat hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi jinoyatchilikning "Mahallabay" muhokamasida hokim Botir Zaripov, viloyat prokurori Ulug‘bek Hamdamov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ikromjon Tursunov boshchiligida huquq-tartibot organlari masʼullari, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha viloyat hamda hududiy idoralararo komissiya aʼzolari bo‘lgan tashkilotlar mutasaddilari hamda boshqa taalluqli idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan mazkur muhokama yig‘ilishida, Kogon shahrining Maxtumquli mahallasida sodir etilgan qotillik jinoyati hamda viloyatning boshqa hududlarida sodir etilgan bir qator jinoyat va huquqbuzarliklar birma-bir tanqidiy tahlil qilinib, vujudga kelgan kriminogen vaziyat, sodir etilgan mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, unga omil bo‘lgan shart-sharoitlar, jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.

Kriminogen vaziyati og‘irlashgan ushbu hududlar masʼullarining o‘z mahallasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, "Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida"gi 10-sonli qo‘shma qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglanib, ular tomonidan yo‘l qo‘ygan tizimli kamchiliklari qattiq tanqid qilindi.

Jarayonda, muhokamaga qo‘yilgan ushbu hududlarning masʼullariga, sektor rahbarlari va boshqa mutasaddilarga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.

Bundan keyin ham "Buxoro tajribasi" asosida viloyat sektor rahbarlari tomonidan jinoyatchilikning "Mahallabay" hamda "sohabay" muhokamasi tizimli ravishda amalga oshiriladi.

Text to speech