Sohadagi islohotlar yangi bosqichga chiqadi, ichki ishlar organlari aholining ishonchli himoyachisi sifatida xalqchil professional tuzilmaga aylantiriladi
Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 20 yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10 sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga muvofiq ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarni tanlashning adolatli, xolis va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanib, ichki ishlar organlariga nomzodlarni tanlab olish tartiblari saralash va o‘rganish bosqichlaridan iborat.
Saralash bosqichida dastlab ro‘yxatga olish, dastlabki o‘rganish (nizomga muvofiq umumiy talablarga mos kelishini tekshirish), intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash, test sinovi (nomzodlarning O‘zbekistonning eng yangi tarixi, huquqshunoslik va tarbiya fanlari bo‘yicha bilimlarini baholash), jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash.
O‘rganish bosqichida xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tkazish.
2023 yil 1 sentyabrdan eʼtiboran, psixofiziologik (poligraf) tekshiruv (ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun to‘sqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlash maqsadida) o‘tkazilishi belgilangan.
Shuningdek O‘rganish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan, shuningdek shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgan nomzodlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqning buyrug‘i bilan xizmatga qabul qilinadi va ichki ishlar organlarining boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega bo‘lgan xodimlar xizmatga qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshliqning buyrug‘i bilan tegishli lavozimga tayinlanishi belgilangan.
Tor ixtisoslik bo‘yicha mutaxassislar qatoridan bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan ro‘yxat va tartibda saralash bosqichisiz o‘rganish bosqichi orqali xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Unga ko‘ra, boshqa vazifalar qatori inson omilini istisno etish hamda korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish maqsadida ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash, xizmatni o‘tash qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy tarkib va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini zamon talablariga mos ravishda to‘liq raqamlashtirish Departament faoliyatini ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan ushbu hujjat ichki ishlar organlari xodimlarning maʼnaviy-axloqiy fazilatlari yuksalishiga, tartib-intizom va qonuniylik mustahkamlanishiga, xodimlarda bilim va professionalizm hamda masʼuliyat ortishiga xizmat qiladi. Va pirovardida aholining tizimdan chin dildan roziligiga erishimiz garovi bo‘ladi.
O‘lmas Hamidov
Buxoro viloyati IIB MMI VA KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik