29 Aprel 2023 yil 454

Soxta aviachiptalarni pullagan shaxs ushlandi

Peshku tumani "Decha" mahallasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan t.t. qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, 2023 yil 31 mart kuni I.A., hamda I.R. ismli fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga “Samarqand-Moskva” aviareysi elektron chiptasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, haqiqiy bo‘lmagan elektron chiptalarni taqdim qilish orqali ularning har biridan 2.450.000 so‘mdan jami 4.900.000 so‘mlik pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Shuningdek, u o‘z jinoiy harakatlarini davom ettirib, R.Z. ismli fuqaroni ham ishonchiga kirib, unga “Samarqand-Moskva” aviareysi elektron chiptasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, haqiqiy bo‘lmagan elektron chipta taqdim qilish orqali 2.750.000 so‘m pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech