Soxta hujjatlar tayyorlash orqali boshqa oliy taʼlim muassasasiga o‘qishini ko‘chirib berish evaziga 20 mln so‘m miqdoridagi pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs fosh etildi
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar Gulshan ko‘chasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan H.H. ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, uni Qirg‘iziston Respublikasidagi Tibbiyot universitetining 1 va 2-bosqichlarini o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni tayyorlab, Buxoro shahridagi Xalqaro Osiyo universitetining Formatsevtika yo‘nalishi bo‘yicha 3-bosqichiga ko‘chirib berish evaziga 26.0 mln. so‘m pullarni berishini talab qilib, 2023 yil 10 iyun kuni soat taxminan 18:00 larda Buxoro shahar “Mironshox” to‘yxonasi yonida joylashgan to‘g‘risida erkaklar kiyim do‘konida kimyoviy ishlov berilgan 20.0 mln. so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro H.H. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.