Sportning "Volleybol" turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasining G‘ijduvon tuman bosqichi yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, fuqarolarni ayniqsa yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ularni ommaviy sportga jalb etish maqsadida G‘ijduvon tumani 3-sektoriga qarashli mahallalarda istiqomad qiluvchi og‘ir toifaga kirgan 275 nafar yoshlardan saralab olingan 93 nafar yoshdan tarkib topgan jamoalar o‘rtasida sprotning “Volleybol” turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubugining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, tumandagi “Oqrabod” mahallasida joylashgan 41-son maktab o‘quvchilari jamoasi 1-o‘rinni, “Qarabog‘” mahallasida joylashgan 33-son umumta'lim maktab o‘quvchilari jamoasi 2-o‘rinni, “Toshloq” mahallasida joylashgan 34-son maktab o‘quvchilari jamoasi 3-o‘rinni эgallashdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar Respublika idoralararo ishchi guruhi mas'ullari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va tuman sektor rahbarlari tomonidan topshirildi.