19 May 2023 yil
484
Subsidiya mablag‘lari ajratib berish evaziga 100 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi
Buxoro shahar "Afshormahalla" mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan Sh.D. boshqa bir fuqaroni aldab uning nomiga subsidiya ajratilishida yordam berishini aytib, ushbu xizmati evaziga 100 AQSH dollari talab qiladi.
2023 yil 8 may kuni Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxs talab qilingan pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.