15 May 2023 yil 511

Talabani darslardan ozod qilish evaziga pul talab qilgan o‘qituvchi ushlandi

O‘zbekiston Respublikasi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Buxoro filiali o‘qituvchisi Buxoro shahrida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan Q.Z. va Buxoro shahar “Istiqlol” mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan A.D.lar bir guruh bo‘lib, xizmat mavqeidan foydalanib, mazkur filialda o‘qib kelayotgan N.G.ni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, darslardan ozod qilish vakolati bo‘lmasada, vakolatli tanishlari orqali uni darslardan ozod qilish evaziga 1 mln. so‘m miqdorida pul mablag‘i berishini so‘rashgan.

2022 yil 3 may kuni taxminan soat 14:30 larda Buxoro viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar filialdagi xizmat xonasida talab qilingan pullarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech