29 Aprel 2023 yil 458

Taʼlim muassasasi yotoqxonasiga o‘g‘rilikka tushganlar ushlandi

2023 yil 24 martdan 25 martga o‘tar kechasi taxminan soat 03:00 larda nomaʼlum shaxs Buxoro akademik litseyining talabalar yotoqxonasi binosiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, ushbu yotoqxona binosining 46-xonasida istiqomat qiluvchi o‘quvchiga tegishli bo‘lgan bahosi 1.200.000 so‘mlik “Huawei 6P” rusumli telefon apparati va mazkur telefon apparatining g‘ilofi ichida bo‘lgan identifikatsiyalalovchi ID-kartasini g‘arazli va boshqa past niyatlarda o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Jondor tumani “Qalmoq” mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan b.A. hamda uning jinoiy sherigi 2002 yilda tug‘ilgan X.F.lar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, sodir qilganligi aniqlangan.

Ushbu jinoiy guruhning boshqa shu kabi turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech