3 Mart 2023 yil 679

Taʼlimda nazariya va amaliyot uygʻunligi — muhim masala

Sir emaski, taʼlim jarayonlarida nazariya va amaliyot uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada, Ichki ishlar vazirligi tomonidan kursantlar bilimlarini mustahkamlash, ularga ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatini o‘rgatish hamda o‘quv tanishish va bilim, malaka o‘rganishning turli amaliyotlari yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z samarasini bermoqda. 

Jumladan, IIVning 2021-yil 25-avgustdagi 298-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan bugun, 3-mart kuni viloyat IIBda Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kunduzgi taʼlim bakalavr bosqichining Buxoro viloyatidan jamlangan kursantlari, magistratura tinglovchilari va ixtisoslashtirilgan kafedralarning professor-o‘qituvchilari bilan boshqarma boshligʻining oʻrinbosari Umid Utayev ishtirokida navbatdagi onlayn tartibda mahorat darsini o‘tkazildi.

Bunda, kursantlarga qonunchilik va tartib intizomga rioya etish, xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha so‘z yuritilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Mashg‘ulot avvalida Buxoro viloyati hududidagi jinoyatchilik ahvoli, jinoyatlarning ortgan turlari, kelib chiqish omillari, sabab va shart-sharoitlari, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida ham so‘z yuritildi.

Ochiq va munozaralarga boy bo‘lgan mashg‘ulot jarayonida, kursantlar va mashg‘ulot ishtirokchilari mavzusi doirasida maxsus tayyorlangan slaydlar, ko‘rgazmalari materiallar orqali o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga misollar orqali to‘liq javoblar oldilar. 

Bundan tashqari, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar va ularning natijalari xususida ham so‘z yuritilib, tinglovchilarga batafsil maʼlumotlar berildi.

Text to speech