Tarbiyachi lavozimiga ishga qo‘yishni vaʼda qilgan soxta mansabdor ushlandi
Kogon shahar Shodiyona ko‘chasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan X.B. Vobkent tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan R.M. ismli ayolga o‘zini hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, Buxoro shahridagi maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan biriga oliy maʼlumotli tarbiyachi sifatida ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 400 AQSH dollarini talab qiladi.
2023 yil 13 fevral kuni taxminan soat 15:00 larda Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida talab qilingan pullardan 2.000.000 so‘mini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.