10 Mart 2023 yil 421

Tasdiqlangan rejaga asosan G‘ijduvon tumani 3-sektor rahbari Azimjon Xoliqov mahallalarda ishsizlikni oldini olish, aholi bandligiga ko‘maklashish maqsadida Baqqollar mahallasi aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Tuman xokimi, sektor rahbarlari boshchiligidagi mutasaddilar mahallaga tashrif buyurib, aholi bandligini taʼminlash maqsadida muloqot o‘tkazishdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan yo‘llangan turli mavzulardagi murojaatlar tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi. Aksariyat murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Mahallada yashovchi ishsiz fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozli kredit asosida issiqxona jihozlari va tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Jumladan, 22 ta fuqarolarga dugali issiqxonalar olib berilib, ularning bandligi taʼminlandi.

Bundan tashqari ushbu mahallada yashovchi profilaktik hamda probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmaslik yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida profilaktik targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etildi.

Text to speech