8 May 2023 yil 508

“Telegramm” ijtimoiy tarmog‘i orqarli fuqarolarni chuv tushirgan shaxs ikki yildan so‘ng fosh etildi

2021 yilning 13 fevral kuni Vobkent tumani “Hajuvon” mahallasida yashovchi, A.I. o‘zining telefon raqamiga kelgan eʼlon orqali “Telegramm” ijtimoiy tarmog‘idagi “Ziyodashop” onlayn savdo kanaliga aʼzo bo‘lib, o‘zini ushbu kanal admini sifatida tanishtirgan nomaʼlum shaxsning aldoviga uchib, savdo kanali tomonidan unga 500.000 so‘m miqdoridagi pul yutug‘ini plastik kartasi hisob raqamiga o‘tkazib berish to‘g‘risidagi vaʼdaga ishonib, unga o‘zining hamda qudasining plastik karta raqamlari va kodlarini bergan.

Ushbu fuqarolarning soddaligidan foydalanib plastik kartalarning raqami va kodini olishga erishgan nomaʼlum shaxs o‘sha vaqtning o‘zida jabrlanuvchi A.I. ning plastik kartasidan 644.000 so‘m, qudasining plastik kartasidan esa 544.000  so‘m pullarni yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan A.A. sodir qilganligi fosh etildi.

Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech