17 Mart 2023 yil 488

Telergamdagi firibgar ushlandi

2023 yilning 18 yanvar kuni nomaʼlum shaxs «Telegramm» ijtimoiy tarmog‘idagi “Shoxrux invest” profili orqali Shofirkon tumani «Bobur» mahallasida yashovchi, t.A. bilan muloqotga kirishib, unga o‘zini investitsiya bilan shug‘ullanuvchi broker sifatida tanishtirib, unga pullarini ko‘paytirib berishini aytib, jami 1.500.000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Shofirkon tumani Bobur mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan S.Sh. sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech