28 Aprel 2023 yil 492

Tez fursatda mo‘may daromadli bo‘lishni orzu qilgan ayol firibgar domiga ilindi.

Kogon tuman IIB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, Romitan tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan U.M. ismli ayol 2022 yil avgust oyida Kogon tumani “B.Naqshband” mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan H.M. ismli ayolni “GREEN LIVE” kompaniyasiga aʼzo qilish va tez fursatda mo‘may daromatli bo‘lish mumkinligiga qiziqtirish yo‘li bilan aldab, 8.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlari hamda 100 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarini o‘zining shaxsiy extiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech