5 Avgust 2023 yil 648

Tezkor tadbir davomida  “Gashish” Giyohvandlik moddasini saqlab yurgan shaxs fosh etildi

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan "Viloyat hududida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishini oldini olish"ga qaratilgan tezkor tadbir davomida olingan maʼlumot asosida Buxoro shahrining Xo‘ja Rushnoi ko‘chasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan G‘.M.ning yonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning cho‘ntagidan oq rangli polietilen paketga solingan, Buxoro viloyati IIB EKBning sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan sof vazni 0,40 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi “Gashish” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech