19 Aprel 2023 yil 449

Tezkor tadbir: Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash

Olingan tezkor maʼlumot asosida 2023 yil 17 aprel kuni soat 23:00 larda, viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda Kogon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, A-380 “Qarshi-Buxoro” avtomobil yo‘lining Kogon tumani “Ganchkash” qishlog‘i hududidan o‘tgan qismidan harakatlanib ketayotgan “Matiz” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, ushbu avtomashina haydovchisi Buxoro shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.D.ning avtomashinasidagi sumka ichidan sof vazni 56,71 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “Gashish” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech