Тinchlik posbonlari o‘rtasida “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha tumanlararo musobaqa o‘tkazildi
Ichki ishlar organlarida keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida bugun, 1-oktyabr kuni Vobkent tumani IIB tomonidan xodimlar o‘rtasida tumanda joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha tumanlararo musobaqa tashkil etildi.
Mazkur bellashuvlarni tuman sektor rahbarlari ochib berib, mamlakatimizda Ichki ishlar organlari xodimlarini har tomonlama professional, jismoniy va jangovar tayyorgarlikka ega yetuk kadr bo‘lishi uchun keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani borasida so‘z yuritdi.
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarining 13 ta jamoalardan tashkil topgan 7 ta vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda umumjamoa hisobida Buxoro tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi faxrli 3-o‘rinni, Vobkent tumani Ichki ishlar bo‘limi jamoasi esa 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa va faxrli 1-o‘rinni viloyat ichki ishlar boshqarmasi JXX PPXB jamoasi egalladi va g‘oliblar boshqarma boshlig‘ining kubogi va qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlanishdi.
Taʼkidlash joizki, bu kabi sport musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va sportni yana-da ommalashtirishdan iborat.