29 Iyul 2023 yil 517

Tomorqasida giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs ushlandi

2023 yilning 25 iyul kuni G‘ijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan  "Xavfsiz hudud" keng qamrovli profilaktik tadbirlari davomida olingan tezkor maʼlumot asosida, tumanning Xaticha mahallasida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Yo.I.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, hovlisining tomorqa yerida 3 tup «Kannabis» o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech