16 Avgust 2022 yil 562

Topshiriqlar ijrosiga qaratildi

Bugun, 16-avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i hamda shahar-tuman IIB boshliqlarining ayni yo‘nalishdagi o‘rinbosarlari ishtirokida Ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Vatanparvarlik oyligi” oyligi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videoselektor tarzidagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bunda, mas'ullarning “Vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida o‘tgan 15 kun davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Oylik doirasida shahar-tuman IIBlari va sohaviy xizmatlar tomonidan bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqid ostiga olinib, kelgusi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ushbu holatlarning bartaraf etilishi yuzasidan alohida ogohlantirildi.

Yig‘ilish davomida viloyat IIBning “Vatanparvarlik oyligi”ni namunali tarzda o‘tkazish yuzasidan ishlab chiqilgan farmoyish va tegishli dastur talablariga doir chora-tadbirlar yuzasidan qator yuklatildi.

Text to speech