17 Aprel 2023 yil 530

Tovlamachilik bilan 10.000 AQSH dollari olmoqchi bo‘lgan shaxs tezkor tadbir davomida fosh etildi.

Shofirkon tumani Jo‘yrabod mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan F.S. o‘zganing mol-mulkini tovlamachilik yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida tanishi Jondor tumani Namgoni qishlog‘ida yashovchi, 1981 yillda tug‘ilgan fuqaroni qo‘rqitib, sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan tahdid qilib, uni mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘ygan.

Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahar Sheyxon mahallasi hududida joylashgan “Karvon buyum bozori” ga qarashli avtomashinalar turargohida u tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan 10.000 AQSH dollaridan 3.000 AQSH dollarini olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech