Tug‘ruqxonadan pul o‘margan ayol qo‘lga olindi
2022 yil 13 noyabr kuni soat 08:00 dan 09:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida nomaʼlum shaxs, Buxoro tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida statsionar tartibda muolaja olib davolanayotgan Buxoro tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida yashovchi ayol yotgan palataga hech kimga sezdirmasdan kirib, ushbu xonada turgan unga tegishli sumkadan jami 1.500.000 so‘mlik pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib bir qator tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan kechiktir bo‘lmas tezkor-surishtiruv hamda tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Buxoro tumani “Quyi Chuqurak” mahallasida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan ayol sodir qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.