3 Mart 2023 yil 540

Hududlararo tajriba almashinuv — ish samaradorligining mezoni

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining topshirig‘i asosida respublikamizning boshqa hududlarida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan yangi ish uslublarini o‘rganish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida bugun Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Shuhrat Jalolov, Moliya va moddiy texnika taʼminoti boshqarmasi boshlig‘i Inoyat Asatullayev hamda Aloqa xizmati boshlig‘i Aziz Saidov va boshqa sohaviy xizmatlarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida tajriba bo‘lib turibdi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ-3528-son qaroriga muvofiq mavjud axborot-xizmati negizida tashkil etilgan Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi faoliyatini yaqindan o‘rganib, ushbu tajribani kelgusida Buxoro viloyatida ham joriy etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda tashkil etilgan “Yagona tezkor boshqaruv Markazi” va “Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish Markaz”ida yaratilgan zamonaviy va qulay shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Shu kuni ishchi guruh Toshkent shahar IIBB Shon-sharaf muzeyida sayohatda bo‘lib, poytaxtning qadimgi davlatchilik tizimi, unda davrlar kesimida xavfsizlik masalalari hamda bugungi kunda jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida olib borilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Text to speech