29 Noyabr 2022 yil 738

O‘g‘irlangan qurilish mollari  egasiga qaytarildi

Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, 2022 yilning 22 sentyabr kuni nomaʼlum shaxs Buxoro shahri I.Karimov ko‘chasida joylashgan romitanlik fuqaro S.T. ga tegishli qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyning 25 xonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy bahosi 45.000.000 so‘mlik 7 dona eshik romlari, 8 ta o‘ramdagi kafellar va 6 dona isitish qozon (kotyol) larini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Peshku tumani Navro‘z ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan N.S. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech