O‘g‘irlik: Buxoro shahrida o‘zganing mulkiga ko‘z olaytirgan shaxs endi qonun oldida javob beradigan bo‘ldi
Buxoro shahar IIO FMB tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, nomaʼlum shaxs 2022 yil 17 yanvar kuni soat 22:00 dan soat 01:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Buxoro shahar «Bog‘dasht» mahalasi A.Jomiy ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan boshqa bir fuqaroga tegishli “SP PHONE” nomli savdo do‘koni kirish eshigini buzib kirib, do‘konda bo‘lgan bahosi 500.000 so‘mlik bir dona “SAMSUNG J-2”, bahosi 2.500.000 so‘mlik bir dona “REDMI NOTE 10”, bahosi 700.000 so‘mlik bir dona “REDMI S-2”, bahosi 1.000.000 so‘mlik bir dona «LG-J6», bahosi 50.000 so‘mlik bir dona «NOKIA-101» rusumli jami qiymati 7.000.000 so‘mlik telefon apparatlari aksessuarlarini (quvvatlagich, quloqchinlar), bahosi 1.100.000 so‘mlik bir dona separator uskunasini, bahosi 2.000.000 so‘mlik bir dona kuzatuv kamerasi xotira bazasini va bahosi 4.800.000 so‘mlik bir dona «ASER» rusumli noutbukni hamda jami bahosi 1.000.000 so‘mlik telefon apparatlarining qo‘shimcha qurilmalarini, shuningdek, savdo do‘koni kassasida bo‘lgan 100.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab, jabrlanuvchiga jami 20.750.000 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB TB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 2 nafar 1979 yilda tug‘ilgan R.R. hamda 1981 yilda tug‘ilgan A.Z. ismli shaxslar sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirgi kunda ushbu shaxslarning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorliklarini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.